Go‘dakda qabziyat yoxud ich qotishi

Go‘dakda qabziyat yoxud ich qotishi

Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq bo‘ladi. Shunda go‘dak juda bezovtalanadi, kuchanib-tirishib yig‘laydi, terlab holsizlanadi. Agar ich qotishi muntazam davom etsa, ahvoli yomonlashadi. Ya’ni axlatning qattiqligi tufayli to‘g‘ri ichakning shilliq qavati jarohatlanadi.

Go‘dakda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?
Chaqaloqlarda ich qotishining bir necha xil sabablari bor:

Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish (masalan, noto‘g‘ri emizish) ko‘pincha qabziyatni keltirib chiqaradi. Chunki go‘dakka ko‘krak uchi to‘g‘ri tutilmasa u emish jarayonida tez charchab qoladi va o‘ziga yetarli bo‘lgan ozuqani ololmaydi.
🍼Aksariyat onalar bolani emizish bilan birgalikda qo‘shimcha ovqatlarni so‘rg‘ichlar yordamida berishadi. Bu vaqtda so‘rg‘ich orqali o‘tgan infeksiya ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada mikroflora buzilgani uchun me’dadagi oziq moddalar parchalanmaydi va yetarlicha so‘rilmaydi. Shundan so‘ng bolada ich qotadi.
Go‘dak organizmiga turli yo‘llar (masalan, toza bo‘lmagan so‘rg‘ich, emizishdan oldin ko‘krak uchini yuvmaslik, qo‘shimcha ovqat beriladigan idishning iflosligi) bilan kiradigan infeksiya rivojlanib, ichaklarni yallig‘lantiradi. Bu esa chaqaloqlarda surunkali ich qotishini keltirib chiqaradi.
Ba’zan ichaklardagi infeksiya asorat qoldirib, ichak atoniyasi kelib chiqadi va natijada surunkali qabziyat rivojlanadi.
Chaqaloqning old qorin mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bolaning ichaklarida gaz yig‘iladi va ich yurishishi qiyinlashadi.
Bundan tashqari bolaning qorni to‘ymasa ham ichi qotadi.

Go‘dakning ichi qotganda qanday yo‘l tutish kerak?
Ich qotishining oldini olish uchun har bir ona quyidagi maslahatlarga amal qilishi zarur:
🤱chaqaloqni to‘ydirib emizing, qorni och qolmasin;
🙇‍♂chaqaloqni ko‘pincha qorni bilan yotqizib qo‘ying;
👶bolani qo‘ltig‘idan ushlab tanasini harakat qildirish kerak;
💊ichak faoliyatini yaxshilash uchun chaqaloqqa vrach bilan maslahatlashgan holda vitaminlar berib turish mumkin;
⏱bolaning qornini soat mili bo‘yicha asta-sekin silang.
Ayrim onalar chaqaloqning ichi qotganda uchiga vazelin surilgan naycha, gugurt cho‘pi yoki glitserinli shamcha(svecha)lardan foydalanishadi. Bu narsalar chaqaloqning ich kelishiga biroz yordam beradi, lekin keyinchalik bola bunga o‘rganib qolishi ham mumkin.
Boshqa bir xil onalar esa go‘dakni klizma qilishga shoshiladilar. Chaqaloqning terisi juda nozik bo‘lganligi uchun klizma ko‘p hollarda noxush asoratlar keltirib chiqaradi. Ya’ni klizma qilishda salgina xatoga yo‘l qo‘yilsa, keyinchalik bolada paraproktit (yo‘g‘on ichak kasalligi) yuzaga kelishi mumkin.

Umuman, chaqaloq hayotining dastlabki oylarida qabziyatga yo‘l qo‘ymaslik uchun bolani faqatgina ko‘krak suti bilan boqish talab etiladi. Chunki ona sutida bola organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha vitamin va mikroelementlar mavjud.
©Avitsenna.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x