GOBOY

GOBOY (nem. Oboe frans. hautbois — baland daraxt) — tilchali puflama musiqa sozi. 17-a. ning 2-yarmi Fransiyada Sharq (arab) mamlakatlaridan oʻtgan surnaysimon shalmey cholgʻusi zamirida paydo boʻlgan. Zamonaviy Goboyning 25 ta teshikchasi boʻlib, 22—24 tasi klapanlar b-n berkitilgan boʻladi. Qoʻsh tilchasi qamishning maxsus turidan ishlanadi. Ikki tuzilishdagi (nemischa, fransuzcha) Goboy mavjud. Fransuzcha Goboy keng tarqalgan, u takomillashgan klapan mexanizmi, ohangining sofligi, sadolantirilish va dinamik imkoniyatlarining boyligi bilan ajralib turadi. Goboy simfonik orkestrdagi yogʻoch puflama cholgʻu asboblar ichida muhim oʻrin tutadi. Yakkanavoz soz, ansambl sozi sifatida ham ishlatiladi. Kichik Goboy, G.-alt yoki Goboy dʻamur, inglizcha rojok (burgʻucha) xillari mavjud. Oʻzbekistonda N. Kenjaboyev, V. Melkomini kabi goboychilar tanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x