GOBELEN

GOBELEN (rus.) — qoʻlda tasvir hosil qilib toʻqilgan gilam (shpaler), badiiy buyum. Parij manufakturasi (1662)ning mahsulotlari dastlab shunday atalgan (15-a. ning mashhur boʻyoqchilari Gobelenlar nomidan). Gobelen rangli jun va ipak (baʼzan tilla va kumush) iplar bilan rassomlar (manufaktura boshqaruvchisi rassom Sh. Lebren, 18-a. da F. Bushe, J. B. Udri va b.) kartondan buyumning tabiiy kattaligida bajargan tasvirlari asosida toʻqilgan. Mac, Rafael Vatikan uchun havoriy (apostol)lar hayotiga oid shpalerlar turkumi kartonlarini chizib bergan, toʻquvchi ustalar shu kartondan foydalanib Gobelen toʻqiganlar. Alohidaalohida toʻqilgan boʻlaklar bir-biriga tikilib yaxlit tasvir hosil qilingan. Gobelenning uziga xos xususiyati oʻngining chiviqli yuzasi va orqa tomonining notekisligidir. 17 — 18-a. lar Gobelen lari yuksak badiiyligi (tarixiy, afsonaviy, diniy va adabiy mazmuni) bilan mashhur boʻlgan, shu tufayli boshqa manufakturalarda taqlidan yaratilgan shpalerlar ham Gobelen deb atala boshlangan. 19-a. dan patsiz, patli, gilamsimon toʻqima matolar, hatto tasvir ishlangan kigizlar ham Gobelen deb atala boshlandi. Hozir qoʻlda va mashinalarda tabiiy va sunʼiy tolalardan toʻqilgan patsiz, patli mebel matolari, turli bezak matolar ham Gobelen deb ataladi.

Oʻzbekistonda Gobelen 1960-y. lardan toʻqila boshlandi. 1970—80 y. larda keng tarqaldi. M. Churlu, Ya. va A. Isʼhoqovlar, L. Taldikina kabi ustalar samarali mehnat qildilar. Gobelenning asosiy markazlari Toshkent va Fargʻona sh. laridir. Fargʻona (V. Useinova, L. Semizarova, S. Shixova va b.) va Toshkent (M. Tyurina, R. Ibrohimova va b.) ustalari bu sohada barakali ijod qilmoqda. Oʻzbekiston G. larida Sharq bezaklari, tabiat manzaralari, mahalliy tasvir, rang-baranglik ustun turadi. Yana q. Gilamchilik.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x