GLORIYA (lot. gloria — bezak) — odam soyasi atrofida rangli aylana koʻrinishida kuzatiladigan optik hodisa. G. yoruglik difraksiyasi tufayli nur tushayotgan bulutlar pushtasida yoki tumanda yoki shudringli oʻtloqlarda vujudga kelishi mumkin. Gloriya aslida Quyosh va Oy atrofida yarim tiniq bulut qatlamlarida, mas, yuqori-qatlamli yoki yuqori-toʻptoʻp bulutlarda baʼzi vaqtlarda kuzatiladigan rangli aylanatojning bir koʻrinishi. Agar kuzatuvchi togʻda turgan boʻlsa, botayotgan yoki chiqayotgan Quyoshdan vujudga kelgan soya bulutga tushganda u soya tojlar bilan oʻralgan boʻlishi mumkin, bu hodisaga «broken sharpasi» deyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые