GLIOKSAL (etandial, diformil, oksalat aldegid) , SNO—SNO — dialdegidlarning oddiy vakili, sariq rangli kristall. Mol. m. 58,04. Suyuklanish t-rasi 15°, qaynash t-rasi 50,4°, zichligi 1140 kg/m3. Suvda, spirt va efirda yaxshi eriydi. Saqlanganda namlik taʼsirida polimerlanadi. Glioksal tarkibida ikkita uglerodi boʻlgan birikmalarni oksidlab, sanoat miqyosida esa etilenglikolni mis katalizatori ishtirokida degidrogenlab olinadi. Toʻqimachilik, teri, qogʻoz hamda boʻyoqchilik sanoatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые