GLIKOL KISLOTA

GLIKOL KISLOTA (gidroksisirka kislota) , NOSN2SOON – kuydirilgan qand hidi keladigan rangsiz kristallar. Mol. m. 76,05. Suyukdanish t-rasi 79—80°. Suv, spirt, efirda yaxshi eriydi. Gʻoʻra uzum, lavlagi, shakarqamishda boʻladi. Nitrid kislotani aminosirka kislota bilan oʻzaro taʼsir ettirish yoki fruktozani ohista oksidlash orqali olinadi. Glikol kislota sanoatda xlorsirka kislota yeki uning tuzlaridan, oksalat kislotani elektrolitik usulda qaytarib, shuningdek, uglerod (P)-oksid bilan suvni kislotali katalizatorlar ishtirokida bosim ostida oʻzaro taʼsir ettirib olinadi. Glikol kislota jun boʻyashda, teri oshlashda, poʻlat va mis yuzasini elektrolitik silliklashda qoʻllaniladigan suyuqlik komponenti sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x