GLIKOGEN

GLIKOGEN (yun. glykys — shirin va genes — tugʻilgan) — koʻp tarmoqli polisaxarid; molekulasi a-D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat amorf mahsulot. Mol. m. 106-109. Tuzilishi jihatidan kraxmalga oʻxshaydi. Tirik organizmda oʻsimliklardagi kraxmal kabi funksiyani bajaradi. Koʻpchilik tirik organizmlarning tez safarbar qilinadigan energiya resursi. Glikogen umurtqalilarning asosan jigari (2—6%) va muskullari (2%)da toʻplanadi. Achitqilar, ayrim zamburugʻlar va suv oʻtlarida, makkajoʻxorining ayrim navlari donlarida ham topilgan. Glikogenning parchalanishi — glikogenoliz fosforolitik (fosforilaza fermenti taʼsirida) va gidrolitik (amilaza fermenti taʼsirida) yoʻl bilan amalga oshadi. Glikogen fosforilazasi maxsuloti — glyukozo-1 – fosfat fosfoglyukomutaza taʼsirida izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Umurtqalilar jigarida glyukozo6-fosfatning ancha qismi glyukozo-6fosfataza bilan gidrolizlanib, erkin glyukoza hosil qiladi va qonga oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x