GLIER Reyngold Moritsevich

GLIER Reyngold Moritsevich [1874.30.12(1875.11.1), Kiyev – 1956.23.6, Moskva] — kompozitor, musiqa arbobi, dirijyor, pedagog. Ozar-bayjon (1934), Rossiya (1935), Oʻzbekistan (1937) xalq artista, prof. (1913), sanʼatshunoslik dri (1941). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1900).

«Lolaqizgʻaldoq» (1927, 2-tahrirda «Qizil gul»), «Mis chavandoz» (1949) kabi baletlar, ovoz va orkestr uchun konsert, simfoniyalar, romanslar va b. muallifi. Glier rus mumtoz musiqa anʼanalarini davom ettirib, oʻz ijodida turli xalqlar (rus, ukrain, ozarbayjon, oʻzbek, buryat-mongol va b.) musiqa merosiga izchil murojaat etgan. U 1920-y.

lari Ozarbayjonda, 1930—40 y. lari Oʻzbekistonda barakali ijod qilib, «Shohsanam» operasi (1927), «Gulsara» (1936, T. Jalilov va T. Sodiqov bilan hamkorlikda) musiqali dramasi, T. Sodikrv bilan birgalikda «Layli va Majnun» (1940), «Gulsara» (1949) operalarini yaratgan. Shuningdek, «Alisher Navoiy» filmiga musiqa, oʻzbek kuylari asosida «Tantanali» (1937), «Fargʻonacha bayram» (1940) simfonik uvertyuralari, qator romans va b. asarlar ijod etgan. Oʻzbek milliy mavzusidagi asarlarida Glier xalq musiqa merosi boyliklaridan unumli foydalangan. Toshkentdagi Respublika oʻrta maxsus musiqa internat maktabi, OʻzRdagi bir necha bolalar musiqa maktablari G. nomiga qoʻyilgan.

Ad.: Veksler S, Glier i oʻzbekskaya muzыka, T., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x