GLAZGO

GLAZGO — Buyuk Britaniyaning shim.-gʻarbidagi shahar. Shotlandiyada, Klayd daryosi boʻyida. Stratklaydrnining maʼmuriy markazi. Aholisi 690 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Atrofidagi shaharlar bilan (Dambarton, Grinok va b.) Klaydsayd konurbatsiyasini tashkil etadi.

Glazgo — qad. shahar (6-a. dan maʼlum). Glazgo sanoatining rivojlanishi mustamlakalardan keltirilgan xom ashyo (tamaki, shakarqamish, paxta)ni qayta ishlash b-n bogʻliq boʻlgan. 18-a. oʻrtalarida Glazgo tamaki sanoatining gʻarbiy Yevropadagi yirik markazi edi. 18-a. oxirlarida Glazgoda l-oʻrinni ip gazlama sanoati egalladi. Glazgo yirik t. y. tuguni va mamlakatdagi muhim dengiz portlaridan biri. Sanoatida umumiy mashinasozlik, kemasozlik (harbiy kemalar, tankerlar, refrijerator va b.), kumir sanoati va metallurgiya yetakchi oʻrinda. Toʻqimachilik, neftni qayta ishlash, sement, yogʻochsozlik, qogʻoz, silikat-keramika, oyna, tamaki, oziqovqat, elektronika, rangli metallurgiya, kimyo, koks kimyosi sanoati korxonalari bor. Ogʻir sanoat mahsulotlarining deyarli hammasi eksport qilinadi. Un-t (1451), badiiy galereyalar, Glazgo muzeyi, bir necha oliy oʻquv yurti, meʼmoriy yodgorliklaridan sobor (13-a.), un-t binosi; metropoliten va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x