GISTONLAR — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasi yadrosida uchraydigan oqsillar. G. arginin va lizin qoldiklariga boy boʻlib, ishqoriy xossalarga ega. Mol. m. 11000—21000. Yadroda DNK bilan birikkan holda uchraydi, xromatinning 25—40%ni (quruq ogʻirlik hisobida) tashkil etadi. Gistonlar xromatin tarkibini turgʻunlashtiradi, nuklein kislotalar (DNK va RNK) sintezlanishining boshqarilib turishi zvenolaridan biri qisoblanadi. Gistonlar hujayra membranasining yuqori molekulyar birikmalarga nisbatan oʻtkazuvchanligini kuchaytiradi. Gistonlarning ishqoriy xususiyati ular garkibiga kiradigan aminokislotalarni hosil kiladigan diaminomonokarbon (ikkita amin va bitta karboksil) guruxlar bilan bogʻliq.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые