GISTOMONOZ

GISTOMONOZ — 2 haftadan 2-3 oylikgacha boʻlgan kurkalar, joʻjalarda oddiy Histomonas meleagridis lichinkalari qoʻzgʻatadigan kasallik. Virus tarkatuvchisi — kasallangan joʻja. Parrandalar asosan tarkibida Heterakis gallinarum nematodalari tuxumi (unda gistomanadlar uzoq muddat saqlanishi mumkin) boʻlgan oziq orqali zararlanadi. Belgilari: ishtaha yoʻqoladi, teztez ich ketadi, boshi qoramtir-koʻk tusga kiradi. 1—3 haftadan soʻng kurkalar nobud boʻlishi mumkin. Tashhis epizootologik, klinik va patologo-anatomik maʼlumotlar boʻyicha qoʻyiladi hamda zararlangan ichakdan olingan shilliq pardalari massani tekshirish natijasida tasdiqlanadi. Davosi: ozuqaga nitrofuranli preparatlar (furazolidon, trixopol, dimetridazol, gistamon va b.) qoʻshib berish. Oldini olish: kasallangan kurka va joʻjalarni onasi qanoti ostida (boshqa joʻjalar bilan birga) yotishga qoʻymaslik; fenotiazin, piperazin va b. antigelmintlar bilan gelmintsizlantirish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x