GIRSUTIZM

GIRSUTIZM (lot. hirsutus — junli) — ayollarda soqol-moʻylov oʻsishi, badanini erkaklarnikiga oʻxshab jun bosishi. Asosan androgenlarning qonga koʻp chiqarilishi yoki unga nisbatan toʻqimalarning oʻta sezgirligi natijasida vujudga keladi. Buyrak usti bezlarining pust qavati, gipofizniyag oldingi boʻlagi zararlanganda, tuxumdon oʻsmasida, klimaks bilan bogʻliq buzilishlarda, shuningdek, bosh miyaning ayrim yalligʻlanishlari, teri kasalliklari va h. k. da kuzatiladi. Somom ayollarda (ularning gavda tuzilishlariga bogʻliq holda), baʼzi qizlarda (balogʻatga yetish davrida) ham uchraydi. Girsutizm baʼzan irsiy boʻlib, bir oilaning qiz-ayollarida kuzatiladi. Girsutizmning tovush, skelet va muskullarning xuddi erkaklarnikiga oʻxshab ketishi bilan birga kechishi virshizmga xos. Davo asosan kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x