GIROVERTIKAL (giro… va vertikal) , giroufq — ufq tekisligi yoki haqiqiy vertikal yoʻnalishini hamda biror obyekt (mas, kema) ning ufq tekisligiga nisbatan ogʻish burchagini koʻrsatadigan asbob. Eng oddiy Girovertikal — shovun (uchiga zalvar massa, mas, konussimon metall boʻlagi osilgan reja ip.). U fizik mayatnik deb ataladi. Giroskop, giromayatnik, giroinersial vertikal kabi asboblar ham oʻziga xos Girovertikal qisoblanadi. Girovertikal kemalar va uchish apparatlarida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые