GIPS-BETON — qurilish gipsi asosida tayyorlanadigan beton turi (q. Gips). G.-b. ni tayyorlashda tosh minerallar (koʻpincha, gʻovak va gʻadir-budur sirtli) va organik (yogʻoch qipiqlari, mayda somon va b.) toʻldirgichlardan foydalaniladi. G.-b. ga, odatda, qovushishini sekinlashtiruvchi qoʻshilmalar, shuningdek, uning suv va atmosfera taʼsirlariga chidamliligini oshiradigan qoʻshilmalar qoʻshiladi. G.-b. yogʻoch yoki organik materiallar bilan armaturalanadi. G.-b. asosida panellar va toʻsiq plitalari, ventilyatsiya bloklari, qoplama listlar («quruq suvoq») va b. tayyorlanadi (q. Gips-beton buyumlar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые