GIPPURAT KISLOTA (lot.hippos – ot va uron — siydik) , benzoilgli-kokoll, benzoil-glitsin, C6H5CONH2CH2COOH – organik modda; odam va qayvonlar (ayniqsa, oʻtxoʻr hayvonlar) organizmida moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan biri. Jigar va buyraklarda benzoy kislota bilan glitsindan hosil boʻladi (oziq-ovqat, ayniqsa mevadagi zaharli benzoy kislotaning zararsiz holga kelish mahsuli). Siydik bilan sutkasiga 0,7 g chamasi Gippurat kislota chiqib turadi. Epidemik gepatit, jigar sirrozi, yurak dekompensatsiyasi va buyrak kasalliklarida Gippurat kislota kam chiqadi. Jigar qanday ishlayotganini aniqlash uchun klinikada bemorga natriy benzoy ichirib, siydigidagi Gippurat kislota aniqlanadi (Kvik usuli).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые