GIPERYADRO

GIPERYADRO — tarkibiga nuklonlardan tashqari giperon ham kiradigan atom yadrosi. Yadrolarning sekin harakat qilayotgan K-mezonlarni tutishi, yuqori energiyali zarralarning yadro nuklonlari bilan oʻzaro taʼsiri natijasida G.-ya. vujudga keladi. Natijada sekin harakat qiluvchi lyambda L°-giperon hosil boʻladi, bu giperon oʻz navbatida yadro bilan bogʻlangan sistemani paydo qiladi. G.-ya. yashash vaqti L° – giperonning yashash vaqti b-n aniqlanadi (=1010 s). Birinchi G.-ya. ni 1952-y. da polyak fiziklari M. Danish va Ye. Pnevskiylar topgan. Barcha maʼlum G.-ya. lar lyambda G.-ya. lar hisoblanadi, yaʼni L»-giperonli yadrolardan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x