GIPERTONIK ERITMALAR

GIPERTONIK ERITMALAR — osmotik bosimi odam, hayvon va oʻsimlik hujayralari ichidagi suyuqlikning osmotik bosimidan yuqori eritmalar. G. e. mikrobga qarshi taʼsir etganda toʻqimalar, jumladan, ayrim hujayralar (mikroblar) suvini yoʻqotib, bujmayib qoladi (q. Plazmoliz) va ularning hayot faoliyati keskin pasayadi. Gipertonik eritmalar gipotonik eritmalar va izotonik eritmalar bilan birga tirik toʻqima va hujayralardagi osmotik bosimni oʻlchash uchun qoʻllaniladi. Goʻsht, baliq va sabzavot mahsulotlari tuzlanganda osh tuzi Gipertonik eritmalari konservalovchi taʼsir koʻrsatadi. Yalligʻlanish jarayonlarini tuzatishda ham Gipertonik eritmalardan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x