GIPERNEFROMA (giper… va yun. hephros — buyrak) — buyrak qilnaychalarining epiteliy hujayrasidan oʻsib chiqadigan xavfli oʻsma (buyrak raki). Kasallik zimdan boshlanadi. Bemor oʻzini noxush sezadi, tez charchaydi, darmonsizlik, ishtaxa va kayfiyatning aynishi kabi belgilar asta-sekin zoʻraya borib, keyinchalik bel sohasi simillab ogʻriy boshlaydi, baʼzan ogʻriq boʻlmaydi. Goho bemorning harorati koʻtarilib, qon bosimi ortadi. Siydikda eritrotsitlar paydo boʻladi, qon deyarli kam uchraydi. Kasallik ultratovush tashhis va rentgen tekshiruvlari asosida aniqlanadi. Kimyoviy terapiya hamda jarrohlik usuli qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые