GIPERGLIKEMIYA (giper… va yun. glykys — shirin, haima — qon) — qonda qandning normadan koʻp boʻlishi, yaʼni 120 mg % yoki 6 mmol/l dan (Si sistemasi boʻyicha) oshib ketishi. Vaqtinchalik Giperglikemiya sogʻlom kishilarda koʻp shirinlik yoki uglevodga boy ovqatlar isteʼmol qilinganda, zoʻr berib jismoniy ish qilganda, qattiq ogʻriq tutganda, ruhiy kechinmalarda kuzatiladi. Giperglikemiya qandli diabet kasalligining asosiy belgisi boʻlib, endokrin bezlar, xususan meʼda osti bezi faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqqan kasalliklarda, shuningdek, baʼzi jigar kasalliklari (virusli gepatit, sirroz) ham roʻy berishi mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые