GINEKOMASTIYA

GINEKOMASTIYA (yun. gyne – ayol, mastos — koʻkrak) — erkaklar koʻkrak bezining ayollarnikiga oʻxshab kattalashishi. Chin va soxta boʻladi. Chin Ginekomastiyada koʻkrak bezining hamma toʻqimalari rivojlanadi, soxta Ginekomastiyada esa yogʻ toʻplanadi. Asosan 18— 25 yashar kishilarda uchraydi. Aksariyat endokrin, jumladan jinsiy bezlarning birlamchi kasalliklari belgilaridan biri hisoblanadi. Bemorning ovozi ayollar ovoziga oʻxshab qrladi, soqol-moʻylov chiqmaydi, jinsiy aʼzolar ham toʻla takomillashmaydi. Jigar sirrozida ayollar jinsiy gormoni (estrogen) almashinuvi buzilishi natijasida ham Ginekomastiya paydo boʻlishi mumkin. Bemor doridarmonlar b-n davolaniladi, ular yordam bermasa, jarretushk usuli qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x