GILZOYI HOKIMLIGI — afgʻonlarning safaviylar hukmronligiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni natijasida Qandahor viloyati (Afgʻoniston)da 1709-y. tashkil topgan hokimlik. G. h. ning asosiy harbiy tayanchini gilzoyi qabilasining gʻarbiy tarmogʻi tashkil qilgan. Qoʻzgʻolon rahbari Mir Vays Xotakiy Gilzoyi hokimligining dastlabki hokimi (1709—15) boʻlgan. Uning vafotidan soʻng gilzoyilarning bir qismi Eronning bir qancha viloyatlariga hujumlar uyushtirib, 1722-y. Mahmud Xotakiy boshchiligida safaviylar poytaxti — Isfahonni bosib olgan va Maxmud oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Qandahorda esa shoh unvonini olgan Mir Vaysning kenja oʻgʻli Husayn hokim (1721—38) edi. Uning hukmronligi davrida Gilzoyi hokimligi bir muncha xoʻjalik va madaniy yuksalishga erishgan. 1738-y. uzoq muddatli qattiq qarshilikdan soʻng Qandahor Eron shohi Nodir Afshar (q. Nodirshoh) tomonidan egallangan va Gilzoyi hokimligi barham topgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые