GIGROFILLAR (gigro… va … fil) — sernam sharoitda yashashga moslashgan quruqlik organizmlari. Gigrofillar, odatda, botqoqlashgan maydonlar, nam oʻrmonlar, daryo oʻzanlari suv havzalarining qirgʻoqlari va sernam tuproqlarda (yomgʻir chuvalchanglari va b.) yoki chiriyotgan daraxtlarda (hasharotlar, koʻpoyoqlilar) yashaydi. Sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar gigrofitlar deb ataladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые