DO`STLARGA ULASHING:
?Gidrokortizon maz — yallig’lanishga , allergiyaga va teri qichishishiga qarshi vosita
# Гидрокортизон маз
# Gidrokortizon maz
?Dori shakli: Maz ( surtma).
?Tarkibi:
Faol modda : gidrokortizon atsetati —100 mg
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Dermatologiyada sirtga qo’llash uchun. Mahalliy qo’llaniladi. Yallig’lanishga qarshi, shishga qarshi, qichishishga qarshi ta’sir ko’rsatadi.
?Qo’llanilishi
— Yallig’lanishda
— Teri shishlarida
— Teri qichishishida
— Mikrobga aloqasi bo’lmagan terining yalliglanish va allergik kasalliklarida
— Ekzemada
—Allergik dermatitda
— Kontakt dermatitda
— Neyrodermitda
— Xasharotlarni chaqishida qo’llanadi.
?Qo’llash usuli va dozasi
Terining shikastlangan sohasiga oz miqdorda yupqa qilib sutkasiga 1 — 3 martagacha surtiladi.
10 yoshgacha bo’lgan bolalarda qollash uchun shifokordan maslahat oling.
?Nojo’ya ta’siri
Allergik reaksiyalar ( kam kuzatiladi).
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Bakterial infeksiyalar chaqirgan terining shikastlarida ( infeksiyani , bakteriyani o’ldiraolmaydi).
— Piodermiya, tuberkulyoz shikastlarida
— Virusli infeksiyalarda
— Suvchechakda
— Gerpesda
— So’galda
— Zamburug’lar va parazitlar chaqirgan infeksiyalarda
— Qo’tir kasalligida
— Terining yarali shikastlari va jarohatlarida
— Ixtiozda
— Teri o’smalarida
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin emas
— Ko’zga yaqin teri sohasida
— Jinsiy a’zolarga yaqin teri sohasiga surtilmaydi.
— Sut beziga surtish mumkin emas, sut beziga yaqin teri sohasiga ham mumkin emas.
?ESLATMA: Homiladorlik davrida va emizish davrida shifokordan maslahat olib qo’llash zarur.