GIDRODINAMIK UZATMA

GIDRODINAMIK UZATMAdvigatel uzatayotgan burovchi momentni yoki mashina-qurol valining aylanishlar sonini bevosita (pogʻonasiz) oʻzgartiradigan gidravlik uzatma. Vazifasi bir oʻqda joylashgan parrakli nasos va turbinalarning ishi hisobiga amalga oshiriladi. Ular ish suyuqligi (qovushoqligi kichik moy yoki suv) bilan toʻlgan torsimon boʻshliqni hosil qiladigan darajada bir-biriga yaqin joylashtiriladi. Gidrodinamik uzatma gidromufta va gidrotransformatorga boʻlinadi. Ikki (nasos va turbina) parrakli gʻidsiragi boʻlgan hamda ikkala valdagi burovchi momentlari bir xil boʻlgan Gidrodinamik uzatmaga gidromufta deyiladi; uningf. i. k. 95—98%. Gidromufta burgʻilash qurilmalari, taʼminlash nasoslari va b. da ishlatiladi. Uchta yoki undan ortiq (nasos, yoʻnaltiruvchi apparat va turbina) parrakli gʻildiragi boʻlgan Gidrodinamik uzatmaga gidrotransformatorlar deyiladi; buning gidromuftadan farqi shundaki, unda sirkulyatsiyalanadigan suyuklik reaktordan qoʻshimcha oʻtib, oqim yoʻnalishini oʻzgartiradi va turbinadagi valning burovchi momentini pogʻonasiz rostlashga (oʻzgartirishga) imkon beradi. Avtomobil, teplovozlarning transmissiyalari, kemalarning kuch uzatmalari va b. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x