GIDREMIYA

GIDREMIYA (gidro… va yun. haima — qon) — qonning suyulishi, unda suv miqdorining koʻpayishi. Biror sababga koʻra organizmda suv-tuz almashinuvining oʻzgarishi yoki buzilishi natijasida yuzaga keladi. Organizmga suyuqlik koʻp kirganda qon suyulishi bilan birga u mumiy hajmi ham oshadi. Kompensator (koʻp qon yoʻqotganda), patologik (yurak yetishmovchiligi, operatsiyadan keyingi holat va b.) hamda fiziologik (chaqaloqlarda koʻproq kuzatiladi) turlari tafovut qilinadi. Glomerulo-nefrit, nefroz, anuriya kabi kasalliklarda, shish qaytganda, assit kamayganda, shuningdek anemiya bilan xlorozda bir qadar turgʻun Gidremiya kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x