GIDRAVLIK TURBINA, gidroturbina — suyuklik oqimi (mas, dare suvi) yordamida ishlaydigan turbina. Ishlash tarziga qarab, Gidravlik turbina faol turbina (suv oʻz tabiiy okimi bilan taʼsir qiladi) va reaktiv turbina (suv bosim ostida beriladi)ga; tuzilishi boʻyicha vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Faol G. – t. lar ichida kovsh (choʻmich)li turbinalar keng tarqalgan. Reaktiv Gidravlik turbinalar suv oqimi yoʻnalishi boʻyicha oʻqaviy va radial-oʻqaviy turbinalarga boʻlinadi. Yirik Gidravlik turbina ish gʻildiragining diametri 10 m ga yetadi, quvvati 500 MVt dan oshadi. Gidravlik turbinadan gidroelektr st-yalarda generatorlarni harakatlantirish uchun foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые