GEYLANDIT

GEYLANDIT (ingliz mineral toʻplovchisi G. Geyland nomidan) — seolitlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ca[Al2Si7Olg]-6H2O. Monoklin singoniyali. Ignasimon, tangasimon, varaqsimon va yelpigʻichsimon agregatlar holida uchraydi. Rangi oq, kulrang, qoʻngʻir-qizil. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 3,5—4,0. S. of. 2,1—2,2. G. gidrotermal yertomirlarining ustki qismida hosil boʻladi. Geylandit Qurama togʻlarida (Qalmoqqir, Saricheku, Qoʻrgʻoshinkon, Nakpay), Chatqol (Shabrez) va Nurota togʻlarining shim. yon bagʻirlarida topilgan. Germaniya (Gars), Hindiston (Bombay yaqinida), AQSH (Nyu-Jersi), Kanada, Gruziya, RF (Krasnoyarsk oʻlkasi) da maʼlum.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x