GETEROZIGOTA

GETEROZIGOTA (getero… va zigota) — organizmning gomologik xromosomalarida biror gen har xil allellarining mavjudligi. Tajribalarda Geterozigota har xil allellar boʻyicha gomozigotalarni chatishtirish orqali olinadi. Duragaylar nasli muayyan gen boʻyicha geterozigotalik boʻlib qoladi. Baʼzi genlar allellari faqat Geterozigota li holida mavjud boʻlishi mumkin (retsessiv letal mutatsiyalar, dominant mutatsiyalarning ham retsessiv letal natijaga olib kelishi). Odamlarda taxm. 20% genlar Geterozigota holida boʻladi. Irsiy kasalliklar keltirib chiqaradigan retsessiv allellar boʻyicha Geterozigota likni (yaʼni mazkur kasallik tashuvchilarni) aniqlash tibbiyot genetikasining asosiy muammosi hisoblanadi. Koʻp allelizmda Geterozigota oʻrniga kompound (ing, compound — murakkab) tushunchasi ishlatiladi. Geterozigota termini xromosomalar qayta qurilishi uchun ham qoʻllaniladi (mas, inversiya, translokatsiya yoki b. boʻyicha Geterozigota).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x