GETEROXRONIYA

GETEROXRONIYA (getero… va yun. chronos — vaqt) — hayvonlar va oʻsimliklar naslida organlar shakllana boshlashi vaqti va tezligining ajdodlariga nisbatan oʻzgarishi. Geteroxroniya organ shakllanishining ancha erta boshlanishi va rivojlanishining tezlashuvi (akseleratsiya) yoki organning keyinroq shakllanishi va rivojlanishining sekinlashuvi (retardatsiya) orqali namoyon boʻlishi mumkin. Geteroxroniya organ funksiyasining boshlanishi boʻlganligi uchun ontogenez davridagi muhit sharoitiga bogʻliqboʻladi. Geteroxroniya organizmlarning oʻzgarib turadigan sharoitga moslashuvi sifatida turlarning tarixiy taraqqiyoti (filogenez)aa muhim ahamiyatga ega. Geteroxroniya terminini biol. ga nemis biologi E. Gekkel biogenetik qonunning vaqtinchalik buzilishini ifodalash maqsadida kiritgan. Geteroxroniya tur hosil boʻlishida yashash sharoiti taʼsirida hayvonlar va oʻsimliklar tuzilishini oʻzgartiradigan asosiy jarayon sifatida qaraladi. Sut emizuvchilar tili muskullarining ancha rivojlanishi va shu tufayli yangi tugʻilgan bolasining emish harakatlariga layoqatli boʻlishi Geteroxroniyaga misol boʻla oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x