GETEROKARPIYA (getero… va yun. karpos — msva) — oʻsimlikning bitta turida shakl va fiziologik xususiyatlari bilan oʻzaro farq qiladigan har xil mevalar boʻlishi. Geterokarpiya asosan yopiqurugʻli oʻsimliklarda boʻladi. Tipik Geterokarpiya tirnoqgullar (kalendulalar) da kuzatiladi, bunda bir xil mevalar hayvonlar orqali, boshqalari shamol bilan tarqalishga moslashadi. Asosan choʻlda oʻsadigan bir yillik hamda efemer oʻsimliklar G. boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые