GESS (Hess) Viktor Frans (1883.24.6, Valdshteyn —1964.17.12, Maunt-Vernon, AQSH) — avstriyalik fizik, Avstriya FA aʼzosi. 1919-y. dan Vena, Gras va Insbruk un-tlari prof. 1938-y. dan AQSH da. Asosiy ilmiy ishlari kosmik nurlar fizikasi, radioaktivlik, atom fizikasi va optikaga oid. Kosmik nurlarni kashf etgan (1912) va ular intensivligining oʻzgarishini kuzatgan. Nobel mukofoti laureata (1936).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые