GERRERO — Meksikadagi shtat, mamlakatning jan.-gʻarbida joylashgan. Mayd. 63,7 ming km2. Hududining katta qismini Jan. Syerramadre togʻ sistemasi (bal. 3000 m dan ziyod) egallaydi. Iqlimi tropik iqlim, oʻrtacha yillik t-ra 25°. Yiliga 800 mm gacha yogʻin yogʻadi. Aholisi 2,6 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Chilpansingo. G. Meksikaning xoʻjaligi yaxshi rivojlanmagan qoloq shtatlaridan. Aholi asosan dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Uncha katta boʻlmagan konchilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Xalqaro dengiz kurorti — Akapulko avtomobil yoʻli orqali Mexiko sh. b-n bogʻlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые