GERBERT MAYATNIGI — metallarning qattiqligini aniqlaydigan asbob. 1923-y. da ingliz konstruktori Gerbert yasagan (nomi shundan). Ishi tayanch nuqtasi sinaladigan namuna sirtiga oʻrnatilgan maxsus yoysimon mayatnikning har 10-marta tebranish davrini yoki birinchi erkin tebranish burchagini oʻlchashga asoslangan. Mayatnikning ogʻirligi 2—4 kg, tayanch nuqtasi uchiga diametri 1 mm li sharcha oʻrnatiladi. Sinaladigan metall qancha qattiq boʻlsa, mayatnikning tebranish davri (yoki burchagi) shuncha katta boʻladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые