GERANIOL

GERANIOL, S,0N18O — organik birikma, rangsiz yoki och-sariq rangli atir-gul hidli suyuqdik. Mol. m. 154,26. Suyuqlanish t-rasi — 15°, qaynash t-rasi 229-230°, zichligi 889 kg/m3. Suvda yomon eriydi, etanolda va propilenglikolda yaxshi eriydi. Geraniy, atirgul, sitronella va b. efir moylari tartibida a — va r-shakllari aralashmasi holida boʻladi; murakkab efir koʻrinishida yovvoyi sabzi mevasidan olinadigan efir moy i da ham mavjud. Olinish usullari: efir moylaridan ajratib olish: sitralni selektiv gidridlash; linaloolani vanadiy katalizatorlari ishtirokida izomerlash; mirsenni gidroxlorlash; xloridlarni CHjCOONa bilan birga qizdirish va hosil boʻlgan atsetatlarni gidrolizlash; izopren bilan xlorid kislotani SnCl, ishtirokida telomerizatsiyalash va olingan xloridlarni gidrolizlash. Geraniolning sisizomeri (nerol) ham a – va R-shakllari aralashmasi holida mavjud boʻlib, Geraniolga nisbatan xushboʻyroq (atirgul hidli) rangsiz suyuqlik. Qaynash t-rasi 229230°, zichligi 876 kg/m3. Suvda erimaydi, etanolda yaxshi eriydi. Nerol, atirgul va b. efir moylaridan ajratib olinadi. Geraniol va nerol murakkab efirlar, xushboʻy moddalar olishda, xushboʻy hidli atirypa, sovun va yuvish vositalari i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x