GEOTERMAL RESURSLAR — Yer qaʼri issiqligi zaxirasi. Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha qizigan quruq togʻ jinslari) resurslarga boʻlinadi. Geotermal resurslarning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilgʻi-energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100 — 150° gacha boʻlgani) va elektr quvvati i. ch. da (150° dan 300° gachasi) foydalaniladi [Italiya (Toskana), AQSH (Kaliforniya), Yangi Zelandiya, Yaponiya (Xokkaydo o.), Meksika, RF (Gʻarbiy Sibir, Shim. Saxalin) da]. Oʻzbekistonda Fargʻonada artezian iliqsuv havzalari bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые