GEOSIYOSAT

GEOSIYOSAT, geografik siyosat — siyosatshunoslikdagi nazariya. G. termini muayyan bir mamlakat oʻrni, tabiiy boyliklari, iklimi va b. geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h. k. ga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosat tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga kiritgan. Geosiyosat nazariyasi 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida F. Ratsel (Germaniya), A. Mexen (AQSH), X. Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, G. Kissinjer, 3. Bjezinskiy (AQSH) va b. tomonidan hoz. dunyodagi siyosiy jarayonlarga tatbiqan rivojlantirilgan. Geosiyosatga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati oʻrtasidagi uygʻunlik prinsipi asos qilib olinadi. Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatida maʼlum darajada Geosiyosatning asosiy tamoyillarini ham hisobga oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x