GEOMEXANIKA

GEOMEXANIKA (geo… yermexanikasi) (togʻ jinslari mexanikasi) — tabiiy va texnologik omillar taʼsiridan togʻ jinslarining fizik-mexanik xossalari, zoʻriqish holati, deformatsiyalanishi va yemirilishini oʻrganadigan fan. Taʼsir etuvchi omillarning asosiylari termik (Yerning sovishi va isishi) va mexanik (gravitatsiya, Yerning aylanishi natijasida hosil boʻladigan markazdan qochuvchi kuchlar, koinot jinslarining tortilishi) jarayonlar hisoblanadi. Geomexanikaning asosiy vazifasi Yer poʻsti ayrim uchastkalarining zoʻriqqan deformatsion holati (kattiq, suyuq va gaz holatidagi fazalari)ning oʻzgarishini tushuntirish va kelajakda boʻladigan oʻzgarishlarni bashorat qilishdan iborat. Geomexanika togʻ jinslari mexanik xususiyatlarining paydo boʻlish obyektiv qonuniyatlarini va Yerning maʼlum qismlarining siljishi, mustahkamlanishi va yemirilishi sabablarini oʻrganadi. Geomexanika 19 – va 20-a. lar boʻsagʻasida geofizikanint bir boʻlimi sifatida geol. va mexanika fanlarining tutashgan sohasida vujudga kelgan. Muhandislik geol. si, yaxlit muhit mexanikasi, gidro va gaz-mexanika, termodinamika bilan ham aloqador. Bu fanlarning metodlari Geomexanika tadqiqotlarida keng ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x