GEOLOGIYA VA GEOFIZIKA INSTITUTI — Oʻzbekiston FA H. M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti — Oʻzbekistondagi yirik i. t. muassasalardan biri. 1937-y. Oʻzbekiston XKS qoshidagi Oʻzbekiston fanlar komiteta (1943-y. dan, UzFA)ning geol. va mineral resurslar i. t. sektorlarining gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi negizida Toshkent sh. da tashkil etilgan. 1959-y. da in-tdan Neft va gaz konlari geol. si va razvedkasi, 1960-y. da Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-tlari ajralib chikdi. 1962-y. da institutga H. M. Abdullayev nomi berilgan. 1966-y. da in-tning seysmologiya boʻlimi asosida Oʻzbekiston FA Seysmologiya i. t. instituta tashkil etildi.
In-tning ilmiy yoʻnalishlarini belgilashda Oʻzbekiston FA akad. lari H. M. Abdullayev, A. S. Uklonskiy, Gʻ. O. Mavlonov, V. I. Popov, I. Hamroboyev, O. M. Akramxoʻjayev, F. A. Usmonov, T. N. Dolimos, muxbir aʼzolari E. M. Isamuhamedov, A. V. Korolev, Ye. M. Butovskaya, O. M. Borisov; fan d-rlari M. O. Ahmadjonov, S. T. Badalov, Q. L. Boboyev, N. P. Vasilkovskiy, M. 3. Zokirov, P. V. Pankratyev, A. V. Pokrovskiy, R. A. Musin, M. I. Ismoilov, fan nomzodlari N. P. Petrov, A. A. Kreyter va b. salmoqli hissa qoʻshdilar.
In-tdagi barcha i. t. lar 11 lab. da olib boriladi. In-t Oʻzbekistonda geol. fanining turli yoʻnalishida olib borilgan fundamental tadqiqotlarning markazi boʻlib keldi. Xususan rudali konlarning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan — metallogeniyaning asoschilaridan biri H. M. Abdullayevning geol. fanining rivojlanishidagi xizmatlari beqiyos boʻldi. 1990-y. larda in-tda metallogeniyaning yangi yoʻnalishi — statistik metallogeniyaga asos solindi. In-t Oʻzbekiston va Urta Osiyoda tadqiqotlar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi bosh tashkilot hisoblanadi (Urta Osiyo petrografiya qoʻmitasi tashkil etilgan). In-tda geol. ning termometriya (termobarokimyo), mutlaq geoxronologiya (izotoplar geologiyasi), biokimyo, eksperimental petrografiya va mineralogiya, matematik geol., mikromineralogiya, texnologik geokimyo kabi yangi yoʻnalishlari tashkil qilindi. Yer poʻstining chuqur qismlari va yuqori mantiyasini kompleks oʻrganish (I. H. Hamroboyev, Ye. M. Butovskaya) «Yuqori mantiya», «Pomir-Himolay loyihasi», «Litosfera» xalqaro dasturlari doirasida amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar natijasida Oʻrta Osiyoda Yer poʻstining chuqur qismlari haqida dastlabki maʼlumotlar olindi. In-tda geol. fanining fundamental yoʻnalishlari amaliyot b-n uzviy bogʻliq holda olib boriladi. Oʻzbekistonda bir qancha rudali maydonlar oʻrganildi, is-tiqboli aniqlandi. Muruntov, Charmiton, Koʻkpatos oltin konlari, Shovozsoy litiy koni ochildi. In-t Olmaliq, Navoiy va Marjonbuloq kon-metallurgiya k-tlarining texnologik liniyalari qurilishida ishtirok etdi.
1990-y. larda in-tda mineral xom ashyolarni baholash va qayta ishlash texnologiyalarini mineralogik-geokimyoviy asoslari boʻyicha yangi yoʻnalish tashkil qilindi.
In-tda qariyb 170 xodim, jumladan Oʻzbekistan FA akad., 16 fan dri va 34 fan nomzodi xizmat qiladi (2001). Bular orasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arboblari (I. H. Ham-roboyev, S. T. Badalov, Ye. M. Butovskaya, F. A. Usmonov), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geologlar bor. In-tda olib borilgan i. t. lar 5-marta A. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofo-ti bilan takdirlangan (1970, 1977, 1981, 1986, 1988). Ayni paytda in-tda xalqaro dastur boʻyicha ham i. t. ishlari bajariladi. 12 mamlakat (AQSH, Kanada, Xitoy va b.) bilan hamkorlikda Yer poʻsti chuqur qatlamlarining tuzilishi bilan metall konsentratsiyalarining oʻzaro bogʻliqligi; Fransiyaning Grenobl un-ti olimlari bilan hamkorlikda neft-gazli hududlarda texnogen zilzilalarning vujudga kelish omillari va ularni bashoratlash; Germaniya (Bavariya yeri)dagi Bayryoyt un-ti bilan hamkorlikda muzliklarning iqlim, tuproq hosil boʻlishiga va ekologiya taʼsiri muammolari ustida i. t. ishlari bajarilmoqda.
Abdujalil Ortiqov.