GEOLOGIK XARITALAR

GEOLOGIK XARITALAR — Yer poʻsti yuqori qismining muayyan uchastkasi geologik tuzilishini tasvirlovchi xaritalar. Geologik syomka va geologik tadqiqotlardan yigʻilgan maʼlumotlar asosida tuziladi. Geologik xaritalar qidiruv, razvedka ishlarida asosiy hujjat hisoblanadi. Geologik xaritalardan Yer poʻstining tuzilishi va togʻ jinslari bilan bogʻliq ruda konlari toʻgʻrisida tegishli maʼlumot olinadi. Geologik xaritalar asli geologik, litologikfatsial, paleogeografik, muhandislik-geologik, gidrokimyoviy, foydali qazilmalar, bashoratli, tektonik, metallogenik, magmatik formatsiyalar va b. xaritalarga boʻlinadi. Asli Geologik xaritalar xlarda togʻ jinslarining yoshi, tarkibi, yotish sharoiti turli belgi va ranglarda ifodalanadi. Tektonik xarita — maʼlum joy va vohaning tektonik tuzilishini; metallogenik xarita — metallar va qazilma boyliklarning hosil bulishini hamda ularning tarqalishini; magmatik formatsiyalar xaritasida — magmatik togʻ jinslarining formatsiyalari ifodalanadi. Bundan tashqari, maxsus xaritalar (yer osti suvlari, geofizik xaritalar va b.) ham tuziladi.

Gidrokimyoviy xarita — suvlarning kimyoviy tarkibini, ulardagi tuzlarning miqdorini, grunt, artezian, mineral suvlarning xususiyatlari va joylanishini aks ettiradi. Gidrogeologik xaritalarda yer osti suvlarining sifati (taʼmi, hidi, chuchukligi, shoʻrligi va b.), yer yuzasidan pastda joylashgan birinchi suvli qatlam (havza)ning suv berish xususiyati, yer osti suvlarining turi (grunt, artezian, qatlamlararo, yer usti va karst suvlari) aks ettiriladi. Geologik xaritalar turt xil masshtabda tuziladi (q. Geologik syomka). Yirik masshtabli va mufassal xaritalarda stratigrafik kolonka va geologik kesmalar ham beriladi.

Oʻzbekiston geologik xaritasi, Oʻzbekistan magmatik formatsiyalari xaritasi, Fargʻona va Ustyurtning tektonik tuzilishi va neftgazga istiqbolli xaritasi, Oʻzbekistonning paleozoy fundamentining tarkibi va tektonik tuzilishi xaritasi va b. tuzilgan.

Gʻaybulla Fathullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x