GEOKIMYOVIY SIKLLAR

GEOKIMYOVIY SIKLLAR — tadrijiy kechadigan kimyoviy jarayonlar majmui. Geokimyoviy sikllarda kimyoviy elementlar bir qancha migratsiyadan keyin, turli fizikkimyoviy qayta oʻzgarishlarda minerallar hosil qilib ishtirok etadi, izotop tarkibini oʻzgartirib, dastlabki holiga qaytadi. «Geokimyoviy sikllar» termini rus olimi A. Ye. Fersman tomonidan 1922 yda taklif etilgan. 1927-y. da V. I. Vernadskiy Yer poʻstidagi koʻpgina kimyoviy elementlarning Geokimyoviy sikllarda ishtirok etishini «Geoximiya ocherklari» asarida asoslab berdi. U Yer poʻstining turli zonalarida birikma, molekula va kristallar hosil qilib, bir shakldan ikkinchi shaklga oʻtib, aylanib yuradigan vodorod, bor, azot, kislorod, natriy, magniy, alyuminiy kabi 40 dan ortiq kimyoviy elementlarni Geokimyoviy sikllar hosil qiluvchi elementlar guruhiga kiritdi. Geokimyoviy tadqiqotlar asosida Geokimyoviy sikllarning barcha bosqichlari uchun yuqoridagi kimyoviy elementlardan baʼzilari (N, CI, N, O, S, R, S, K, Na) xarakterli ekanligi, boshkalari esa faqat geosfera, litosfera, gidrosfera va atmosfera G. i. ni hosil qilishi mumkinligi isbotlandi. Soʻnggi yillarda fizik va kimyoviy xususiyatlariga koʻra elementlar umumiy va xususiy Geokimyoviy sikllarda ishtirok etishi aniqlandi. Xususiy Geokimyoviy sikllarda elementlar bitta zonada (geosfera), umumiy Geokimyoviy sikllarda esa Yer poʻstining turli zonalarida birikma, molekula holida ishtirok etadi. Bunday holat Geokimyoviy sikllarda faqat ayrim elementlar ishtirok qilishini koʻrsatadi va Geokimyoviy sikllar tushunchasiga aniklik kiritdi, yaʼni geosferada elementlarning birikmalar toʻplamini hosil qilish jarayoni Geokimyoviy sikllar deb yuritiladigan boʻldi. Geokimyoviy sikllar magmatik, postmagmatik, gipergen, choʻkindi jins hosil qiladigan erta va kechki diagenez va metamorfik jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Geokimyoviy sikllar alohida kimyoviy elementlar uchun ham kuzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x