GEOKIMYOVIY PROVINSIYA

GEOKIMYOVIY PROVINSIYA — Yer poʻstining togʻ jinslarida muayyan kimyoviy elementlarning koʻp yoki kam (klarkka nisbatan) miqdorda uchraydigan alohida qismi. Magmatik togʻ jinslarida ayrim element klarkdan koʻp uchrasa u holda togʻ jinslari shu elementga boy hisoblanadi. Geokimyoviy provinsiyani oʻrganish regional geokimyoning koʻpgina vazifalarini hal etishga yordam beradi. Koʻp mikdorda uchragan elementlar kimyoviy tarkibining oʻziga xosligini oʻrganib, Geokimyoviy provinsiyada konlarning geokimyoviy qidirish ishlarini maqsadga muvofiq rejalashtirish mumkin. Klarkdan element qancha koʻp uchrasa, foydali qazilma konini topishga imkoniyat yaratiladi. Magmatik jinslarning rudaga boy komplekslarida kimyoviy elementlar rudasiz jinslarga nisbatan meʼyorsiz tarqalgan boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x