GEOFIZIK YOʻLDOSH

GEOFIZIK YOʻLDOSH — Yer sunʼiy yoʻldoshi (YESY) orbitasidan turib, Yerning geofizik parametrlari — atmosferasining zichligini, geomagnit maydonini, radiatsion maydonini tadqiq etish uchun uchirilgan sunʼiy yoʻldosh. Shunday turdagi birinchi YESY — sobiq Ittifoqda 1958-y. da uchirilgan Yerning uchinchi sunʼiy yoʻldoshi edi. 1964-y. va undan keyingi yillarda AQSH orbital geofizik rasadxonalari seriyasini, qutb yogʻdulari hamda kutb «qalpoq» lari (muzliklari)ni tadqiq qilish uchun qutbiy orbital geofizik rasadxonalarni uchirdi. Baʼzi hollarda YESYlaridagi oʻlchashlar yer sirtidagi st-yalardan oʻlchashlar maxsus dasturi b-n uygʻunlashtirilgan holda amalga oshirildi. Geofizik yoʻldoshlari ichida meteorologik YESY alohida oʻrin tutadi. Geofizik kuzatishlar orbital st-yalardan amalga oshiriladigan kompleks tadqiqotlar dasturining tarkibiy qismi ham boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x