GEODEZIK UZOQLIK OʻLCHAGICH — masofani oʻlchaydigan optik asbob. U b-n masofani oʻlchash tarzi teng tomonli uchburchak ABC (rayem) balandligi S b-n asosi (AS) qarshisida f burchakning oʻzaro bogʻlanishi formulasiga asoslanadi. Oʻzgarmas bazisli optik asboblar orasida geodeziyada qoʻsh tasvirli asboblar keng qoʻllaniladi. Bular geodezik asboblar (teodolit, kipregel)ning kuzatish trubasiga kiydirib ishlatiladi. Ular orqali reykabazaga qaralganda bir-biriga nisbatan maʼlum oraliqqa siljigan qoʻsh tasvir koʻrinadi. Ana shu siljish kattaligi asbobdan reykagacha boʻlgan masofaga bogʻliq; uni oʻlchab zarur masofani aniklash mumkin. Ipli Geodezik uzoqlik oʻlchagich u oʻ. engsodda asbob boʻlib, geodezik asboblarning kuzatish trubasidagi iplar toʻriga parallel qilib bir xil oralikda oʻtkazilgan ikkita gorizontal yoki vertikal chiziqdan iborat
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые