GEMORRAGIK DIATEZ

GEMORRAGIK DIATEZ (yun. hai-morrhagikos — qon ketishiga moyil, diathesis — moyillik ) — qon ketishiga moyillik bilan davom etadigan turli holatlar (teri, boʻgʻimlarga qon quyilishi; burun, milk qonashi, bachadon, buyrakdan qon ketishi, pichoq kesganda, tish oddirganda koʻp qon ketishi). Arzimagan sabab (mas, kichik jarohat yoki lat yeyish) bilan toʻsatdan qon oqishi yoki toʻqimaga quyilishi mumkin. Gemorragik diatezda anchagina toʻqimalarga bir talay qon quyiladi, qon ketishi esa uzoq davom etib, hadeganda toʻxtatib boʻlmaydi. Toʻqimalarga qon quyilganda, mas, teri va shilliq qavatlarda maydamayda nuqtalar paydo boʻladi yoki ular «qontalashib» qoladi. Qon ivish jarayoni hamda tomir devori oʻtkazuvchanligining buzilishi natijasida roʻy beradi. Gemorragik diatez irsiy (q. Gemofiliya) yoki hayotda orttirilgan boʻlishi mumkin. Irsiy Gemorragik diatez yaqin qarindoshlar nikohidan tugʻilgan bolalarda koʻproquchraydi. Hayotda orttirilgan Gemorragik diatez qon tizimi kasalliklarining asorati boʻlishi va turli yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin. Koʻp qonash holati qonning ivish xususiyatini pasaytiradigan dorilar qabul qilinganda, shuningdek organizmda vitaminlar (xususan, askorbin kislota va rutin) yetishmaganda, ovqat tarkibida yangi sabzavot va mevalar boʻlmagan hollarda ham kuzatiladi. Kasallik sababini faqat vrach aniqlab, davo tayinlaydi. Gemorragik diatez vitamin yetishmasligi okibatida yuzaga kelgan boʻlsa, askorbin kislota va rutinga boy ovqatlar (yangi olma, qora smorodina, naʼmatak, sitruslar va b.) yeyish tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun tibbiyot-genetika maslahatxonasi mutaxassislariga uchrashish; hayotda orttirilgan xilida yuzaga keltirgan omillarni bartaraf etish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x