GEMONXOZ

GEMONXOZ — qoʻy, echki, qoramol, tuya va b. kavsh qaytaruvchi hayvonlar shirdonida Haemonchus turkumiga mansub nematodalar qoʻzgʻatadigan gelmintoz kasallik. 6 oylik qoʻzilarda bahor va yoz fasllarida, bir yoshli qoʻylarda esa qish oxiri va erta bahorda uchraydi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi nematoda (gemonxus) shirdonda, ingichka ichaklarda parazitlik qilib, tuxum qoʻyadi. Tezak aralash tashqariga tushgan tuxumlardan bir sutkada lichinkalar chiqadi, 4—5 sutkada invazion (yuqadigan) holatga keladi. Hayvonlar suv yoki oʻt bilan lichinkalarni yutib, Gemonxoz bilan kasallanadi. Kasallangan hayvonning ishtahasi yoʻqoladi, ichi ketadi, oriqlaydi. Lichinkalar shirdonga tushib, poʻst tashlaydi, shilliq pardaga yopishib rivojlanadi, yetuk erkak va urgʻochi gemonxuslarga aylanadi. Gemonxuslar hayvon organizmida bir yilcha yashab, soʻngra parazitlik qobiliyatini yoʻqotadi, tezak bilan tashqariga chiqarib tashlanadi. Davosi: G. bilan kasallangan hayvonlar fenotiazin, fen-bendazol, nilverm, naftamon, morantel-tartrat b-n davolanadi. Oldini olish: katta yoshdagi qoʻy va echkilar bahorda va yoz oxirida degelmintizatsiyalanadi, fenotiazintuz aralashmasi ichiriladi; yaylovlar oʻzgartiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x