GEMODIALIZ (gemo… va dializ) — qonni zaharli moddalardan tozalash, qon muhiti va suv-minerallar almashinuvini muvozanatlash usuli. Asosan oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligidya, kislotalar, ishqorlar va b. moddalardan zaharlanganda, organizmga mos qelmaydigan qon quyilgan hollarda qoʻllaniladi. Gemodializda vena yoki arteriya qoni maxsus kapillyarli dializatordan oʻtkazilib, qon tarkibidan ortiqcha suv, siydikchil va b. keraksiz moddalar soʻrib olinadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida organizmni buyrakni koʻchirib oʻtkazishga tayyorlashda asosiy muolaja hisoblanadi. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligida Gemodializ qoʻllash zararlangan buyrakka dam berib, soʻngra uning faoliyati tiklanishiga olib keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые