DO`STLARGA ULASHING:
?Gemodez H — infuziya uchun eritma ( osma).
Organizmdagi infeksion toksinlarni organizmdan haydovchi samarali vosita.
#Gemodez — H
#Гемодез — Н
?Dori shakli : Infuziya uchun eritma ( osma ).
?Tarkibi :
— Povidon
— Natriy xlorid
— Kaliy xlorid
— Kalsiy xlorid
— Natriy gidrokarbonat
— Magniy xlorid ( suvsiz).
?Ta’sir qilishiga ko’ra:
Dezintoksik vosita .Intoksikatsiya ga qarshi.
?Qo’llanilishi
— Shokning barcha turlarida
— Kuyish oqibatidagi shokda
— Qon ko’p yo’qotish oqibatidagi shokda
— Intoksikatsiyada ( me’da ichaklarda gi toksinlarni organizmdan chiqarishda).
— Dizenteriyada, dispepsiyada, salmonellozda.)
— Peritonit operatsiyasidan keyin gi dezintoksikatsiyada.
— Jigar kasalliklarida va jigar yetishmovchiligida.
— Tireotoksikozda
— Kuyish kasalligida
— Sepsisda
— Pnevmoniyada
— Miokard infarktining o’tkir fazasida
— Homiladorlikdagi toksikozda
—O’tkir nur kasalligida
— Ichak o’tkazuvchanligi buzilishida
— Homila ichi infeksiyalarida va tug’ilgandagi toksemiyada.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Venaga infuzion tomchilab yuboriladi.
Kattalarga sutkalik doza — 200 ml ( 200 ml lik osma flakonda).
2 — 5 yoshdagi bolalarda sutkalik doza 100 ml ( 100 ml lik osma flakon).
5 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalarda esa sutkalik doza 150 ml .
?Nojo»ya ta’siri
—Qon bosimini tushiradi
— Nafas olish qiyinlashuvi
— Allergik reaksiya lar
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Bosh ichi bosimi bor bemorlarda ( Черепной давдения си бор беморларда ).
— Gemorragik insultda
— Bosh miya jarohatidan keyingi holatda
— Yurak qon tomir a’zolari yetishmovchiligida
— Nafas yetishmovchiligida
— Og’ir allergik reaksiyalarda
— Tromboemboliyada
— Oliguriyada (kam siydik ajralish holati).
— Anuriyada ( siydik ajralmaslik holatlarida).
— O’tkir nefritda
— Bronxial astmada
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Qon bosimi baland yuradigan kishilarga mumkin mas.
?ESLATMA : Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.