GELVETSIY (Helvetius) Klod Adrian (1715.31.1-Parij-1771.25.1) — fransuz faylasufi, psixologi. Gelvetsiy fikricha, olam moddiy, vaqt va fazoda cheksiz, doimiy harakatda; tafakkur va sezgi materiyaning xossasidir. Insonning ongi va ehtirosini ijtimoiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi. Gelvetsiy bilish nazariyasida agnostitsizmta qarshi, materialistik sensualizm tarafdori. U xotiranm bilishning ikkinchi quroli, tafakkur sezgilarimiz yigʻindisi, deb taʼkidladi. Gelvetsiy xudoning mavjudligi, olamning yaratilganligi, jonning abadiyligi gʻoyalarini tanqid qildi. Gelvetsiy ijtimoiy muhit deganda siyosiy hayotni, qonunchilikni tushungan. Ijtimoiy hayot yuridik qonunlarga bogʻliq deb, tenglikni kishilarning qonun oldidagi tengligi maʼnosida talqin etgan. U umumiy tenglikni inkor etgan. Gelvetsiy kishilarning intellektual va axloqiy qiyofasini shakllantirishda muhitning hal qiluvchi ahamiyatini koʻrsatgan. U etikada diniy va spiritualistik qarashlarni tanqid qilib, axloqiy tasavvurlarning tajribaviy kelib chiqishi, ularning individ manfaatlari bilan shartlanganligini isbotladi. Gelvetsiy 18-a. oxiridagi fransuz burjua inqilobini gʻoyaviy tayyorlashda muhim oʻrin tutdi. Asarlari: «Aql toʻgʻrisida» (1758), «Inson toʻgʻrisida, uning aqliy qobiliyatlari hamda tarbiyasi haqida» (1772, vafotidan keyin).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые