Gelmintlar qanday yuqadi?

🤷‍♀Gelmintlar qanday yuqadi?
Ostritsaning oshqozon-ichaklarga tushishi, organizmning parazit bilan zararlanish deganidir. Ostritsa tuxumlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobig‘i noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof muhitni o‘rganish, jismlarning ta’mi va tarkibini bilish maqsadida qo‘llari bilan har narsani ushlab ko‘radi hamda ularni o‘gziga olib boradi. Shu yo‘l bilan ostritsaning tuxumlari o‘zining “bo‘lajak kichik xo‘jayini“ organizmiga tushadi.

Bola organizmi kurashish qobiliyati past bo‘lganligi sababli parazit bemalol ko‘paya oladi. Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Ko‘pincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda o‘ynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar ko‘chada o‘ynab kelganidan so‘ng qo‘llarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qat’iy ravishda birday zararlanishi mumkin.

❓Gijjalar bilan kimlar ko‘proq zaralanadi?
🧴Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa;
🧹Uyda tozalash ishlarini regular bajarmasa;
🍎🥦Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni yeganda;
🐶🐱Uyda hayvonlar saqlansa;
🧼Bola sayrdan keyin, hojatdan keyin va ayniqsa ovqatlanishda avval qo‘llarini yuvish o‘rgatilamagan bo‘lsa, bu bolalar boshqalarga nisbatan gelmentlar bilan ko‘proq zararlanishadi.

@BOLALARSHIFOKORI1

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x