GELIOTEXNIKA

«GELIOTEXNIKA» — Oʻzbekistan FAning xalqaro ilmiy texnika jurnali. 1965-y. dan nashr qilina boshlagan. Ikki oyda bir marta rus tilida chiqariladi. «Geliotexnika» «Allerton Press» Inc firmasi (AQSH) tomonidan ingliz tiliga oʻgirilib nashr qilinadi va butun dunyoga tarqatiladi. Jurnal quyosh radiatsiyasi va uning konsentratsiyasi (toʻplanishi)ga doir tadqiqotlar, kuchli nur oqimlarining moddalarga taʼsiri, quyosh energiyasini boshqa tur energiyaga aylantirish, undan texnikada, tibbiyotda, q. x. da, turmushda, kommunal, jamoat va turar joy binolarini isitish va issiq suv bilan taʼminlashda foydalanish, ekologik jihatdan toza energiya (quyosh, shamol energiyasi, geotermal energiya) manbalarining hoz. sharoit va kelgusidagi ahamiyati haqidagi maqolalarni chop etadi. «Geliotexnika» geliotexnika hamda unga aloqador fan va texnika sohalarining yutuqlari, rivojlanish istiqbollari toʻgrisidagi, geliotexnika boʻyicha asboblar, mashinalar va qurilmalarning yangi konstruksiyalari haqidagi xabarlarni yoritadi. Jurnal sahifalarida MDH davlatlari, AQSH, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Turkiya, Pokiston, Isroil, Misr, Hindiston, Efiopiya va b. davlatlar olimlarining maqolalari ham berib boriladi. «Geliotexnika» bosh muharrirlari: U. O. Oripov (1965—76), S. A. Azimov (1977-88), M. S. Saidov (1989-y. dan). Adadi 156 dona (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x